Выберите язык

Qimmatbaho maishiy texnika xarid qilganda xaridorning eng katta istagi — mahsulot uzoq vaqt davomida soz ishlashi. Ammo texnika nosoz chiqsa yoki kafolat davrida muammo yuzaga kelsa, iste'molchi o‘z huquqini bilishi muhim.

Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro B. D. ham shunday holatga duch keldi. U muddatli to‘lov asosida 8 500 000 so‘mga PREMIER rusumli 65 dyuymli televizor xarid qilgan. Biroq televizorda nosozlik paydo bo‘lib, uni servis xizmatiga olib borgan.

Murojaatchi televizori bir muddat servisda tursa-da, ta'mirlab berilmaganidan norozi bo‘lib, 1091 qisqa raqami orqali yordam so‘ragan.

Farg‘ona shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari murojaatni o‘rganib, “PREMER SERVIS” rahbari bilan telefon orqali bog‘landi. Amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirish va targ‘ibot suhbati o‘tkazildi. Natijada fuqaroning nosoz deb topilgan 65 dyuymli PREMIER televizori servis tomonidan shu rusumdagi yangi televizorga almashtirib berildi.

Eng muhimi, iste'molchi muammosini hal etish uchun uzoq vaqt sarflamadi: murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, natijasi unga yetkazildi. Fuqaroning 7 sentyabrdagi tashakkur xatida ham ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirilgan.

Mazkur holat iste'molchilarga muhim eslatma: qimmatbaho maishiy texnika xarid qilinganda chek, shartnoma, kafolat taloni va boshqa hujjatlarni saqlab qo‘yish kerak.

Kafolat davrida mahsulotda nuqson aniqlansa, avvalo sotuvchi yoki servis xizmatiga rasmiy murojaat qilish, muammo hal etilmasa esa iste'molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilish mumkin.

Bu voqeada esa 8,5 million so‘mlik televizorni ta'mirlash bilan cheklanilmadi — nosoz televizor iste'molchiga yangi mahsulotga almashtirib berildi.

Shuning uchun xaridorning eng muhim quroli — huquqini bilish va uni qonuniy tartibda talab qila olishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening