Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelgan muammolarni qonuniy tartibda hal etish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bog‘ot tumani Bog‘zor MFYda yashovchi fuqaro X.A. “Toza hudud” korxonasi tomonidan uning nomiga noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” raqamiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Bog‘ot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, iste’molchining huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro X.A.ning murojaati ijobiy hal etildi.

Iste’molchilar o‘z huquq va manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening