Выберите язык

     TILLA ZIRAK UCHUN TO‘LANGAN 8 128 400 SO‘M TO‘LIQ QAYTARILDI
📌 Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
Xatirchi tumani “Jaloyir” MFYda yashovchi fuqaro A.R. tuman markazidagi savdo do‘konlaridan biridan 8 128 400 so‘mga tilla zirak xarid qilgan.
🔹 Xaridni uyiga olib borib, oila a’zolariga ko‘rsatganidan so‘ng, taqinchoqning probasi pastligi hamda o‘ziga ma’qul kelmagani sababli uni do‘konga qaytarib olib borgan. Biroq sotuvchi tomonidan iste’molchining to‘lagan pul mablag‘i qaytarib berilmagan.
⚖️ Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
✅ Natijada muammo ijobiy hal etilib, tilla zirak uchun to‘langan 8 128 400 so‘m mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarildi.
🤝 Fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish va murojaatlariga amaliy yordam ko‘rsatish — muhim vazifalardan biridir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening