Выберите язык

Xorazm viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida 2026-yilning to‘qqiz oylik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, mavjud kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishni hududiy birlashma raisi H. Ro‘zakov olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining uchinchi chorakdagi faoliyati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, shuningdek, Urganch shahar, Xiva shahar, Urganch tuman, Qo‘shko‘pir tuman va Yangiariq tuman jamiyatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Hisobot davrida fuqarolardan jami 494 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarni o‘rganish natijasida iste’molchilar foydasiga 1 milliard 199 million 851 ming 74 so‘m miqdoridagi mablag‘larning qaytarilishi va muammolarning ijobiy hal etilishiga erishildi.

Shuningdek, iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 9 ta murojaat sud organlarida ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot-tushuntirish ishlarini faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida 2026-yilning to‘rtinchi choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tuman va shahar jamiyatlari raislariga faoliyat samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening