Выберите язык

​Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, “Qahramon” MFY aholisi hududda chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat yo‘llashdi.

​Mazkur murojaat asosida Federatsiya raisi o‘rinbosari Jamshid Xamroyev boshchiligidagi ishchi guruh bevosita mahallaga borib, holatni joyida o‘rgandi. 

Murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganishlarda aholi e'tirozlari o‘rinli ekanligi, ko‘cha chetida to‘planib qolgan chiqindi qoplari nafaqat hudud ko‘rkiga putur yetkazayotganligi, balki issiq kunlarda noxush hid tarqatib, turli kasalliklar tarqalish xavfini yuzaga keltirayotganligi qayd qilindi. 

Aholining so‘zlariga ko‘ra, chiqindilar haftalab, hatto oylab olib ketilmayapti.

O‘ragnish ishlari doirasida aholi bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar tinglandi.

​Hozirda ushbu masala Federatsiya nazoratiga olinib, uni qisqa muddatda hal etish va mutasaddi tashkilotlar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. 

​Iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilsa, bizga murojaat qiling!

​📞 1091 — Yagona ishonch telefoni.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening