Выберите язык

⚡️ Yakkabog‘ tumanida isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi 

📺 Televizor oila hayotida nafaqat ko‘ngilochar, balki axborot olish va dam olishning asosiy vositalaridan biridir.

⚙️ Shu bois uning sifati va ishlashi har bir xaridor uchun muhim ahamiyatga ega.

📍 Qashqadaryo viloyati

📄 Murojaatda bayon etilishicha, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro E.Sh. “Ishonch” savdo do‘konidan 2 755 000 so‘mg "Avalon" rusumli televizorni sotib olgan.

🖥 Uyga olib kelganda ekran qismi singan holatda ekanligi aniqlangan.

🖋 Shundan so'ng fuqaro do'kon rahbariyatiga bo'lib o'tgan xodisani aytgan, ammo do‘kon rahbariyati mahsulotni almashtirishdan bosh tortgan.

🏢 Bo'lib o'tgan voqeadan ko'ngli to'lmagan fuqaro huquqiy yordam so‘rab Yakkabog‘ tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

✔️ Jamiyat xodimlari do‘kon bilan qonuniy ravishda muzokara olib borgan.

✅ Natijada, servis xizmati orqali tekshiruvdan so‘ng iste’molchiga 1 000 000 so‘m chegirma bilan nosoz televizor shu rusumdagi yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

❕Har bir xarid — bu ishonch masalasi.

⚖️ Agar sotib olingan mahsulot sifatsiz chiqsa, o‘z huquqlaringizni faol himoya qiling. Qonun siz tomonda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening