Выберите язык

⚡️ Yakkabogʻ tumanida nizoli masala boʻyicha kelib tushgan murojaat isteʼmolchi foydasiga hal etildi

Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli va xavfsiz mahsulot hamda xizmatlar taqdim etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro M.A   ATB "Biznesni rivojlantirish banki" Yakkabogʻ tumani filialidan 2021 yilda 300 000 000 soʻm kredit olgan. 2024 - 2025 - yillarda On Taym xizmati uchun 13 365 500 soʻm notoʻgʻri hisob kitob qilganligi aniqlandi. Fuqaroga ima sababdan asossiz qarzdorlik yuklatilganligini soʻrab murojaat qilganida bank mutaxassislari eshitishni ham istamagan.

Shundan soʻng fuqaro Yakkabogʻ tumani jamiyati xodimlariga amaliy yordam soʻrab ogʻzaki murojaat bilan chiqqan.Yakkabogʻ tumani jamiyati xodimlari aralashuvi natijasida muammo o‘rganildi, sabablar bartaraf etilib, 13 365 500 ming soʻm noreal qarzdorlik bekor qilindi. 

✅ Esda tuting: iste’molchi huquqi har qanday sohada, jumladan bank xizmatlarida ham qonuniy himoyada.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening