Выберите язык

⚡️Yakkabogʻda yana bir isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlarga ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolat muddati belgilanadi. Kafolat muddati davomida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tovarning, shu jumladan butlovchi buyumlarning normal ishlashini ta’minlashi shart. Agar ushbu muddat mobaynida tovar nuqsonli holga kelgan bo‘lsa, iste’molchi bir qator huquqlarga ega. Shulardan biri — nuqsonli tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirish huquqidir.

Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.O tumanda joylashgan "Avto Zapchast" savdo majmuasidan oʻzini shaxsiy avtomashinasi uchun 2 000 000 soʻmga 4 ta gʻildirak sotib olgan. 

Oradan bir necha kun vaqt oʻtib, gʻildiraklarning bir donasi sifatsiz ekanligi aniqlandi. Fuqaro holatni tushuntirish maqsadida savdo doʻkoni rahbariga murojaat qilib borganida doʻkon xodimlari eshitishni ham istamagan.

Shundan soʻng isteʼmolchi Yakkabogʻ tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni atroflicha qonun doirasida oʻrganib chiqishdi. Doʻkon rahbari va isteʼmolchi oʻrtasida muammo isteʼmolchi foydasiga hal etilib, yaroqsiz 500000 soʻm boʻlgan 1 dona gʻildirak yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Xulosa qilib aytganda, iste’molchi — bu faqat xaridor emas, balki o‘z huquq va majburiyatlarini biladigan, sifat va adolatni talab qiladigan faol fuqarodir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening