Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida tasdiqlangan buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi 351-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.
So‘rovnomalar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ota-onalarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, ularni qiziqtirayotgan masalalarni aniqlash hamda xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarni shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbirlar iste’molchilarning fikrini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishchi guruh tomonidan buyruqda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ishlari davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening