Выберите язык


YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATNING MUNOSIB SAMARASI
Joriy yilning 28-avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkilotlarining faol va tashabbuskor vakillarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fidoyi rahbarlar ham munosib ko‘rildi.

Jumladan:

🔹 Namangan viloyati hududiy birlashmasi raisi
Orifjon Boyboyev Olimjonovich;

🔹Yangiqo‘rg‘on tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Sherzodbek Inomjon o‘g‘li;

🔹 Uchqo‘rg‘on tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Abdullajon Abdurahmonovich

🔹 Namangan tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Eldor Abfulxakimovich

🔹 Uychi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi G‘anisher Muxmudovich

Ushbu yuksak e’tirof ularning aholi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iste’molchilar murojaatlari bilan samarali ishlash, fuqarolar muammolarini o‘rganish va ularning ijobiy yechim topishiga ko‘maklashish, shuningdek, jamiyatda iste’mol madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona va samarali mehnatlarining munosib bahosidir.

Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi jamoasi nomidan mukofot sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusidagi faoliyatlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening