«Turkiyada ishlab chiqarilgan» degan muzlatgich Samarqandda ishlab chiqarilgan bolib chiqdi
Beruniy tumanida isteʼmolchining huquqi himoya qilindi
Mahsulot sotib olishda uning sifati bilan birga, kelib chiqishi haqidagi maʼlumot ham isteʼmolchi uchun ahamiyatli. Sababi xaridorga beriladigan maʼlumot mahsulot haqida toʻgʻri va ishonchli boʻlishi kerak.
Bu masala Beruniy tumanida yashovchi fuqaroning murojaatida ham oʻz koʻrinishini topdi.
Fuqaro 2026-yil 25-iyul kuni Beruniy tumanidagi «I» savdo doʻkonidan muzlatgich sotib olgan. Sotish vaqtida unga mahsulot Turkiya Respublikasida ishlab chiqarilgani haqida maʼlumot berilgan.
Biroq keyinroq muzlatgich Samarqand shahrida ishlab chiqarilgani aniqlangan. Buning bilan birga, mahsulotning toʻgʻri ishlashiga bogʻliq masalalar ham yuzaga kelgan.
Shu munosabat bilan isteʼmolchi oʻz huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli tartibda murojaat etib, masala boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishni, shuningdek, muzlatgichni sifatli boshqa mahsulotga almashtirib berishni soʻradi.
Murojaat asosida masalani oʻrganish uchun tegishli mutaxassislarga 15 kunlik muddat belgilanib, masalaga amaliy baho berish boʻyicha tegishli ishlar olib borildi.
Oʻrganishlar natijasida isteʼmolchining murojaatida koʻrsatilgan masalalar tegishli tartibda koʻrib chiqildi. Mahsulotning kelib chiqishi va sifatiga bogʻliq vaziyatga aniqlik kiritilib, fuqaraning talablari inobatga olindi.
Natijada, isteʼmolchiga muzlatgichni sifatli boshqa mahsulotga almashtirib berish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi.
Bu holat isteʼmolchilarning huquqlarini bilishi, mahsulot sotib olganda uning sifati, kelib chiqishi va boshqa tegishli maʼlumotlarga eʼtibor berishi zarur ekanini yana bir bor koʻrsatdi.
Eng asosiysi — isteʼmolchining murojaatida koʻtarilgan masala oʻz yechimini topib, fuqaroga tegishli tushuntirishlar berildi va uning huquqi himoya qilindi.
"Turkiyada ishlab chiqarilgan" degan muzlatgich Samarqandda ishlab chiqarilgan bo‘lib chiqdi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 26
























