Выберите язык

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayramiga bagʻishlab, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Mustaqillik – mening nazarimda" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda Toʻrtkoʻl tumanidagi 3-sonli musiqa maktabining tasviriy sanʼat toʻgaragi aʼzolari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining faol oʻquvchi-yoshlari ishtirok etdi. Unda tuman Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, XDP fraksiyasi aʼzolari va jamoatchilik vakillari faol qatnashib, yoshlarni qoʻllab-quvvatladi.

Oʻquvchilar oʻz mehnatlarida Vatanimizning tinch turmushi, mustaqillik bergan imkoniyatlar va elimizning bugungi taraqqiyotini aks ettirdi.

Tadbir soʻnggida yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Toʻrtkoʻl tumani hokimi, tuman prokurori, IIB boshligʻi, Toʻrtkoʻl tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va XDP tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening