Выберите язык

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom etmoqda. Ana shunday amaliy ishlar doirasida Oltinko‘l tumanida iste’molchining murojaati ham ijobiy yechim topdi.

Oltinko‘l tumani Oqtepa MFY Zilol suv ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaro Rustamov Abdurahim 10-avgust kuni tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, “Idea” savdo do‘konidan xarid qilgan kir yuvish mashinasida bir necha kundan so‘ng nosozlik yuzaga kelgani va murojaati natijasiz qolganini bildirgan.

Murojaat atroflicha o‘rganilib, savdo do‘koni mas’ullariga iste’molchi huquqlari hamda nuqsonli mahsulot yuzasidan sotuvchining majburiyatlari tushuntirildi.

Natijada nosoz kir yuvish mashinasi xuddi shu rusumdagi yangi mahsulotga almashtirib berildi.

Shu tariqa, fuqaroning buzilgan iste’molchi huquqi tiklandi. Bu kabi amaliy natijalar aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik muhimligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening