Выберите язык

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shunday murojaatlardan biri Izboskan tumanida ijobiy hal etildi. Poytug‘ shahrida yashovchi fuqaro Umarov Abdulsamad Xasan o‘g‘li 28-iyul kuni “SHUGINA” savdo markazidan shartnoma asosida AUX rusumli havo sovutgich xarid qilgan. Biroq mahsulot atigi 14 kun ishlaganidan so‘ng yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Fuqaroning savdo markazi xodimlariga qilgan dastlabki murojaati natijasiz qolgach, u Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaat Izboskan tumani bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganilib, savdo markazi mas’ullari bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Natijada AUX havo sovutgich soz holatga keltirilib, iste’molchiga yetkazib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening