Выберите язык

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqargan, milliy g‘ururimiz va erkin hayotimizning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Andijon viloyati hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni va viloyat ahlini ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi davrda viloyatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, yirik investitsiya loyihalari, ijtimoiy soha va infratuzilma yo‘nalishlaridagi salmoqli natijalar alohida ta’kidlandi.

Bayram shodiyonasi davomida Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik ulug‘lanib, ishtirokchilarda istiqlolga shukronalik, Vatanga muhabbat va kelajakka yuksak ishonch tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. Tantanali tadbirning badiiy qismida esa elimiz ardog‘idagi san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining yuksak vatanparvarlik ruhidagi dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Betakror ovoz sohibasining jonli va jozibali taronalari maydonga yig‘ilgan minglab tomoshabinlarni, ayniqsa, yoshlarni birlashtirib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening