Выберите язык

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida xalq manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Marhamat tumani O‘zbekiston MFYda yashovchi fuqaro Azizova Odina “Ishonch” do‘konidan muddatli to‘lov asosida xarid qilgan telefoni bir necha kundan so‘ng nosoz bo‘lib qolgani yuzasidan Marhamat tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Telefonni almashtirish talabi bilan murojaat qilgan iste’molchiga servis xizmatiga murojaat qilish tavsiya etilgan, biroq nosozlikni bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, do‘kon xodimlariga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari tushuntirildi. Qonuniy tushuntirish va mutaxassislarning aralashuvi natijasida iste’molchining talabi qanoatlantirilib, nosoz telefon uning xohishiga ko‘ra aynan shunday markadagi yangi telefonga almashtirib berildi.

Bu kabi murojaatlarning amaliy yechimi fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish va iste’molchilar huquqlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening