Выберите язык

Yoz faslida havo haroratining yuqoriligi sabab maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish sanitariya va atrof-muhit tozaligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois xonadonda to‘planib qolgan chiqindilar masalasi bo‘yicha fuqaro G‘ofurjonov Arabjon O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi.

Murojaat Andijon tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilib, chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmagani maxsus chiqindi tashish avtotransporti nosozligi bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Mutaxassislarning aralashuvi natijasida “BIO TEX EKO” MChJ tomonidan qo‘shimcha avtotexnika jalb qilinib, xonadonda qolib ketgan chiqindilar olib ketildi.

Shu tariqa fuqaroning murojaati amaliy yechim topdi. Mazkur holat iste’molchilar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening