Sariosiyo tumanida fuqaroning murojaati o‘rganilib, xonadonda yashamagan davr uchun hisoblangan qarzdorlik olib tashlandi
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda asossiz hisoblangan qarzdorliklarni bartaraf etish borasida Sariosiyo tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sariosiyo tumanining Sharq yulduzi mahallasida yashovchi fuqaro Solieva Gulruxsor tomonidan jamiyatga og‘zaki murojaat qilingan. Fuqaroning murojaati xonadoniga hisoblangan qarzdorlik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Murojaat Sariosiyo tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatining huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori M. O‘lmasov, “Bio Tex Eko” MChJ mas’ul xodimi hamda fuqaroning ishtirokida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning xonadonida bugungi kungacha hech kim yashamaganligi Sharq yulduzi mahallasi tomonidan berilgan dalolatnoma bilan tasdiqlangani aniqlandi. Shundan kelib chiqib, fuqaro nomiga hisoblangan 1 million 365 ming 560 so‘mlik noreal qarzdorlik olib tashlandi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning asossiz qarzdorlik bilan bog‘liq muammosi bartaraf qilindi.
Mazkur holat fuqarolarning murojaatlari asosida hisob-kitoblarni sinchiklab o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Fuqaro murojaatidan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi idoralarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekani ham tushuntirildi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!
























