Выберите язык

Qiziriq tumanida fuqaroning suyultirilgan gaz ballonini to‘ldirish bilan bog‘liq murojaati nazoratdan chiqarildi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda maishiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Qiziriq tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Qiziriq tumanining “Gilambob” mahallasi Zarkamal qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ho‘janazarov Alijon tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “ishonch” telefoniga murojaat qilingan.

Murojaat Qiziriq tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan jamoatchilik tartibida, fuqaroning o‘z ishtirokida o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish davomida fuqaroning suyultirilgan gaz ballonini to‘ldirish bilan bog‘liq murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Murojaatda ko‘rsatilgan holat yuzasidan tumandagi gaz ta’minoti uchun mas’ul mutaxassislar tomonidan zarur tushuntirish va amaliy choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi. Natijada murojaat nazoratdan chiqarildi.

Mazkur holat fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning muammolariga jamoatchilik asosida yechim topish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishlari, xizmat ko‘rsatish jarayonida muammo yoki kamchiliklarga duch kelgan taqdirda esa tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat — e’tiborda, iste’molchi manfaati — himoyada!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening