Выберите язык

Denov tumanida fuqaro murojaati o‘rganilib, “Kapital Sug‘urta” bilan bog‘liq masala ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Denov tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Denov shahar Nurli manzil mahallasi, Daqiqiy ko‘chasi 24-uyda yashovchi fuqaro O. Murtozoqulov tomonidan murojaat qilingan.

Fuqaroning 2026-yil 22-iyuldagi murojaati yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Murojaat “Kapital Sug‘urta” masalasi bilan bog‘liq bo‘lib, holat tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijasida murojaatda ko‘rsatilgan masala ijobiy hal etilib, fuqaroning plastik bank kartasiga 508 000 so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati amaliy jihatdan ijobiy hal qilinib, uning qonuniy manfaatlari ta’minlandi. Fuqaro ham murojaatiga berilgan javob xatini olganini yozma ravishda tasdiqlagan.

Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening