Выберите язык

Denov tumanida fuqaro murojaati o‘rganilib, sifati talabga javob bermagan atir uchun to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatsiz yoki iste’molchi talabiga javob bermaydigan mahsulotlar bilan bog‘liq murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida Denov tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Denov shahar S. Olloyor mahallasi, Turkiston ko‘chasi 1/12-uyda yashovchi fuqaro F. Xasanova tomonidan murojaat qilingan.

Fuqaroning 2026-yil 1-iyuldagi murojaati uning ishtirokida o‘rganib chiqildi. Murojaatda fuqaro 400 ming so‘mga atir sotib olgani, biroq mahsulotning qalbakiligi hamda hidi talabga javob bermasligi sababli undan norozi bo‘lgani qayd etilgan.

O‘rganish jarayonida murojaatdagi holatlar ko‘rib chiqilib, sotuvchiga vaziyat yuzasidan tegishli tushuntirish berildi. Natijada fuqaroning xohishiga ko‘ra, atir uchun to‘langan 400 ming so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari ta’minlandi. Fuqaro ham murojaatiga berilgan javob xatini olganini yozma ravishda tasdiqlagan.

Mazkur holat xarid vaqtida mahsulotning sifati va iste’mol xususiyatlariga e’tibor qaratish, shuningdek, mahsulot talabga javob bermagan taqdirda iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening