Выберите язык

Denov tumanida fuqaroning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, xonadon sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlandi

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Denov tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Denov shahar Mehr oqibat mahallasi, Guliston ko‘chasi 30/13-xonadonda yashovchi fuqaro G. Karimova elektr energiyasi ta’minotidagi muammo yuzasidan murojaat qilgan. Fuqaro o‘z murojaatida xonadonida elektr energiyasi ko‘p uzilib qolayotganidan noroziligini bildirgan.

Mazkur murojaat 2026-yil 30-iyul kuni Denov tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan va fuqaroning ishtirokida atroflicha o‘rganilgan.

O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tegishli mutaxassislar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng fuqaroning xonadonida elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanib turilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, murojaat yuzasidan “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiali tomonidan ham tegishli javob taqdim etildi. Unda fuqaroning murojaati o‘rganilgani, amaldagi qonunchilik asosida uning huquqlaridan foydalanish imkoniyati ta’minlangani qayd etilgan.

Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi. Fuqaro ham murojaatiga berilgan javob xatini qabul qilib olganini tasdiqlagan.

Mazkur holat fuqarolarning murojaatlari e’tibordan chetda qolmasligi, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish iste’molchilar huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening