Denov tumanida iste’molchi murojaati o‘rganilib, 4 million so‘mlik nuqsonli muzlatgich yangisiga almashtirildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda sifatsiz yoki nuqsonli mahsulotlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Denov tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Denov tumanining Guliston mahallasi Xo‘ja Axror Valiy ko‘chasi 36-uyda yashovchi fuqaro F. Mengliboyeva tomonidan murojaat qilingan.
Fuqaroning 2026-yil 29-iyuldagi murojaati yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida fuqaro “Primer Savdo” do‘konidan 4 million so‘mga “Primer” rusumli muzlatgich sotib olgani, biroq muzlatgichda nosozlik mavjudligi aniqlangani ma’lum bo‘ldi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida muzlatgichdagi nosozlik holati tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Natijada servis xizmati mutaxassislari tomonidan nuqsonli muzlatgich yangisiga almashtirib berildi.
Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, xarid qilingan mahsulot bilan bog‘liq muammo bartaraf qilindi. Fuqaro o‘z murojaatiga berilgan javob xatini qabul qilib olganini ham tasdiqlagan.
Mazkur holat iste’molchilarning huquqlarini bilishi va xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlangan taqdirda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!
























