Выберите язык

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaroning iste’molchi sifatidagi huquqlari himoya qilinib, xarid qilingan nosoz konditsioner ta’mirlab berildi.

Sho‘rchi tumani Joyilma mahallasida istiqomat qiluvchi Shah­ribonu Eshqobilova 2026-yil 6-iyul kuni hududdagi savdo markazidan “Zefler” rusumli konditsioner xarid qilgan. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, qurilmaning sovitish tizimi talab darajasida ishlamayotgani ma’lum bo‘lgan.

Fuqaro muammoni hal etish maqsadida savdo markazi ma’muriyati hamda servis xizmati vakillariga bir necha marotaba murojaat qilgan. Ammo uning murojaatlari o‘z vaqtida ijobiy yechim topmagan. Shundan so‘ng iste’molchi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat yo‘llagan.

Murojaat Sho‘rchi tumani iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilib, jamiyat mas’ul xodimi O.Toshbalov hamda savdo markazi mutasaddilari ishtirokida holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida konditsionerning sovitish tizimi yaxshi ishlamayotgani, shuningdek, servis markazi bilan bog‘lanishda muammolar mavjudligi aniqlandi. Jamiyat tomonidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida savdo markazi konditsionerni ta’mirlab, fuqaroga soz holatda topshirdi.

Muammosi qisqa muddatda hal etilgan Shah­ribonu Eshqobilova o‘z tashakkurnomasida konditsioner xarid qilganidan ko‘p o‘tmay nosozlik yuzaga kelgani, sotuvchiga qilgan murojaatlari natijasiz qolganini bildirgan. U 1091 ishonch telefoniga murojaat qilganidan so‘ng masala tezkorlik bilan ijobiy hal etilganini qayd etib, Sho‘rchi tumani iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlariga minnatdorlik bildirgan.

Mazkur holat iste’molchilar xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlanganda o‘z huquqlarini talab qilishdan chekinmasligi lozimligini yana bir bor ko‘rsatadi. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida huquqingiz buzilsa, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening