Boyovut tumanida yashovchi fuqaro o‘zini qarzdorlar ro‘yxatida ko‘rsatilganidan norozi bo‘lib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Boyovut tumani “Farxod” mahallasida yashovchi fuqaro "Ishonch savdo" do‘konidan qarzdorligi mavjud emasligini ta’kidlagan. Biroq, shunga qaramay, uning nomiga qarzdorlik haqida ma’lumotnoma berilmagani va bu holat tufayli yetkazilgan zararni undirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" hamda "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari talablari asosida ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida fuqaroning amaldagi qarzdorligi bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritish maqsadida "Ishonch savdo" do‘konidan rasmiy ma’lumot taqdim etish so‘raldi. Mazkur ma’lumot asosida murojaat bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarilishi hamda fuqaroning huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iste’molchilar kredit yoki muddatli to‘lovlarga oid ma’lumotlarda xatolik aniqlansa, bu masalani e’tiborsiz qoldirmasligi, avvalo sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga, zarurat tug‘ilganda esa iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilishi lozim. Bu esa kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy va huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.
Sirdaryoda qarzdor emasligini aytgan fuqaro do‘kon ustidan shikoyat qil
- Информация о материале
- Автор: Sirdaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 27
























