Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bugungi kunda har bir tashkilotning ustuvor vazifasiga aylangan. Xususan, Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Yaqinda tuman jamiyatiga “Do‘stlik” MFY, Gulzor ko‘chasida yashovchi fuqaro Salomova Rahmonova murojaat yo‘llagan edi. Murojaatda fuqaro o‘zining 18 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan farzandi Xadicha Isroilovaning tikuvchilikka qiziqishi yuqoriligi sababli, uning uyda bandligini ta’minlash va tikuv mashinasi olishda amaliy yordam so‘ragan.O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ushbu murojaat qisqa muddatda nazoratga olindi. Jamiyat tomonidan tuman hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda masalaga qonuniy yechim topildi.Natijada, fuqaro X. Isroilovaga imtiyozli shartlar asosida, ya'ni ssuda (foizsiz qarz) evaziga jami 10 000 000 (o‘n million) so‘mlik to‘g‘ri chokli hamda overlok tikuv mashinalari olib berildi. Bu haqda tuman jamiyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, fuqaroning bandligini ta’minlashga sharoit yaratildi.Bu kabi amaliy tadbirlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini qonuniy muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda
Jamiyat ko‘magi: Imkoniyati cheklangan yoshlarning bandligiga amaliy yordam ko‘rsatildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 12
























