Выберите язык

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida tizimli va izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Qonunchilik bazasining takomillashtirilishi, davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarining yo‘lga qo‘yilishi natijasida isteʼmolchilar manfaatlarini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yildan buyon Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti — Consumers Internationalning to‘laqonli aʼzosi hisoblanadi. Ushbu aʼzolik mamlakatimizning Markaziy Osiyo va MDH hududida isteʼmolchilar harakati sohasidagi nufuzini tasdiqlaydi.

Consumers International tomonidan 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Global Congress xalqaro anjumanini O‘zbekistonda tashkil etish taklifi ilgari surilgan bo‘lib, mazkur tashabbus masʼul vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqildi hamda rasman qo‘llab-quvvatlandi.

Mazkur masala yuzasidan dastlabki onlayn ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Consumers International bosh direktori Helena Leurent, O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuvda Global Congressni O‘zbekistonda o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy va amaliy masalalar muhokama qilindi.

Tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy jarayonlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi masʼul tashkilot etib belgilandi.

Consumers International dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat yurituvchi 200 dan ziyod isteʼmolchilar tashkilotlarini birlashtiradi. Tashkilot tomonidan har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan Global Congressda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, akademik doiralar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari keng ishtirok etadi.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga xalqaro hamjamiyatning yuksak ishonchi ifodasi bo‘lib, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda yangi xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim imkoniyat yaratadi.