Выберите язык

  Xatirchi tumani Saroy MFYda yashovchi fuqaro F.T. Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilib, 7 800 000 soʻmga muddatli toʻlov asosida xarid qilgan noutbuk nosoz chiqqani sababli tuzilgan toʻlov shartnomasini bekor qilishda amaliy yordam soʻradi.

  Mazkur murojaat Xatirchi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda oʻrganilib, sotuvchi bilan olib borilgan muzokaralar hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida ijobiy hal etildi.

  Natijada, fuqaro bilan tuzilgan 7 800 000 soʻmlik muddatli toʻlov shartnomasi bekor qilinib, iste’molchining qonuniy huquqlari tiklandi.

Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda. Agar siz ham iste’molchi sifatida muammoga duch kelsangiz, 1091 ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening