Hozirgi vaqtda xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslar o‘z vazifalariga befarq qaramoqda. Shunday holatlardan biri Qorao‘zak tumani hududida yuzaga kelib, natijada adolat o‘rnatildi.
Qorao‘zak hududida yashovchi U.B. o‘z uyiga zamonaviy, sifatli eshik o‘rnatish niyatida tuman markazida eshik-deraza yasash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tadbirkor B.A.ga murojaat qiladi.
Kelishuvga ko‘ra, tadbirkor 7 dona eshik yasab berishni zimmasiga oladi va buning evaziga fuqaroning cho‘ntagidan 7 000 000 (yetti million) so‘m pul to‘liq olinadi. Taraflar orasida og‘zaki bo‘lsa ham va’da berilib, ish boshlanadi.
Ammo tadbirkor o‘ziga yuklatilgan vazifani o‘z vaqtida bajarishni unutib qo‘ygandek bo‘ldi. Belgilangan muddat o‘tib, sentyabr oyi kelayotgan bo‘lsa-da, buyurtmadan darak yo‘q.
Fuqaro tinch o‘tira olmay, ustaning eshigini bir emas, bir necha marta taqillatishga majbur bo‘ladi. Natijada, va’dadan kechikib bo‘lsa ham - avgust oyining oxirida usta 7 ta eshikni olib kelib beradi.
Olib kelingan eshiklarni yaqindan tekshirib ko‘rgan fuqaro tadbirkorning qanday ishlaganiga hayron qoladi. Chunki eshiklar talabga javob bermaydigan, o‘ta sifatsiz holatda qurilgan edi. El qatori pul to‘lab, sifatli xizmat kutgan fuqaro bunday manzarani ko‘rib, haqli ravishda eshiklarni egasiga qaytarib yuboradi va o‘z pulini to‘liq talab qiladi.Biroq, o‘z aybini bo‘yniga olishni istamagan usta pulining bir tiyinini ham qaytarilmasligini aytib, qat’iy ravishda rad etadi.
Adolatsizlikka chiday olmagan fuqaro Qorao‘zak tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Jamoatchilik mutaxassislarining qat’iy aralashuvi va amaliy yordami natijasida tadbirkorning nojo‘ya harakatlariga chek qo‘yildi. Natijada fuqaroning haqli ravishda talab qilgan 7 000 000 so‘m miqdoridagi puli to‘liq ravishda o‘ziga qaytarib olib berildi.
📌 Jurnalist xulosasi o‘rnida: Bu voqea barcha tadbirkorlarga saboq bo‘lishi kerak.
Siz ham shunday adolatsizliklarga yoki huquqlaringizning buzilishiga duch kelganmisiz? Unda befarq bo‘lmang, @TUTINUVCHI_PRESS - o‘z huquqingizni himoya qilishda yagona ishonchli suyanchingiz!
7 million so'm puli qanday qaytarildi? Qorao‘zakdagi adolatli yechim
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 17
























