Yozgi ta’til tugab, talaba yoshlarimizning o‘quv markazlariga qaytadigan mavsumi boshlanishi bilan markaziy shaharlarga boradigan temir yo‘l chiptalarini topish eng dolzarb muammoga aylanmoqda. Kassa oldidagi uzun navbatlar va beparvoliklar fuqarolarning haqli e’tirozini tug‘dirmay qo‘ymaydi. Lekin harakat bor joyda - baraka va adolat bor.
Qo‘ng‘irot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatlar buning yorqin misoli bo‘la oladi. Tuman aholisi Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun "Qo‘ng‘irot - Toshkent" yo‘nalishiga temir yo‘l chiptasini ololmay, turli bahonalarga duch kelganini aytib, amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Bu muhim masalaga jamiyat raisi A.Orinbayev boshchiligidagi monitoring inspektorlari befarq qaramadi. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ Orolbo‘yi filialiga qat’iy tartibda rasmiy xatlar yuborildi, iste’molchilarning masalasi zudlik bilan o‘rganib chiqildi.
Natijada, murojaat qilgan barcha 8 fuqaroning (T. Aralova, A. Madenov, D. Orazbaeva, G. Toremuratova, B. Turdibaev, Nilufar Bazarbaeva, Sapargul Kamalova va Tuti Aralova) oilasidagi talaba yoshlar va a’zolarga talab qilingan kunlarga plakat vagonlaridan chiptalar bron qilib olinib, huquqlari to‘liq ta’minlandi.
Jami 8 nafar fuqaroning oilasidagi qiyinchilik ijobiy hal etilib, talabalar o‘z vaqtida ta’lim muassasasiga yo‘l oldi. Ushbu amaliy yordamdan mamnun bo‘lgan ota-onalar jamiyat rahbari va xodimlariga o‘z faoliyatlari uchun samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Bu holat huquq buzilgan yoki qiyinchilikka duch kelgan har bir fuqaro tegishli jamoat tashkilotlariga murojaat qilsa, adolat va natijaning amalda ro‘yobga chiqishini yana bir bor ko‘rsatdi.
Murojaat natijasi: 8 nafar talabaning bilim maskanlariga yo‘l olishi ta'minlandi
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
























