Qiziriq tumanida fuqaroning murojaati o‘rganilib, noreal qarzdorlik va ma’naviy zarar bilan bog‘liq masalaga amaliy yechim topildi
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda asossiz hisoblangan qarzdorliklarni aniqlash borasida Qiziriq tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qiziriq tumanining “Istara” mahallasida yashovchi fuqaro Esanov Jovli jamiyatga og‘zaki murojaat bilan murojaat qilgan. Murojaatda fuqaro tomonidan to‘langan mablag‘lar va qarzdorlik bilan bog‘liq masalani o‘rganib berish so‘ralgan.
Murojaat jamiyat ijro etuvchi apparati mas’ullari tomonidan jamoatchilik asosida, fuqaroning bevosita ishtirokida o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida fuqaro zimmasida 997 000 so‘m noreal qarzdorlik, shuningdek, 163 000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar bilan bog‘liq holatlar aniqlangani qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. Natijada murojaatda ko‘rsatilgan masala ijobiy hal etilib, fuqaroning huquq va manfaatlarini tiklashga erishildi.
Fuqaro murojaatining ijobiy yakunlanganidan so‘ng Qiziriq tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati nomiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Ushbu holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi va hisob-kitoblarda asossiz qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, murojaatlarni o‘rganish orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va aniqlangan muammolarga amaliy yechim topish ishlari davom ettiriladi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!
997 ming so‘mlik noreal qarzdorlik bo‘yicha iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 7
























