Boysun tumanida fuqaro murojaati o‘rganilib, 850 ming so‘mlik nuqsonli mahsulot bo‘yicha iste’molchiga huquqiy tushuntirish berildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda savdo jarayonida yuzaga keladigan muammolarga qonuniy yechim topish muhim vazifalardan biridir.
Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Temir darvoza” mahallasida yashovchi fuqaro Azamatova Gulchehra murojaat qilgan. Murojaatda fuqaro Boysun bozori hududida joylashgan savdo do‘konidan 850 ming so‘mga ayollar ko‘ylagi xarid qilgani, biroq mahsulotning sifati bilan bog‘liq muammo aniqlangani sababli uni qaytarib olishni so‘ragani bayon etilgan.
Murojaat Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, fuqaroning xarid qilgan ayollar ko‘ylagini almashtirish yoki ushbu mahsulot uchun to‘lagan pul mablag‘larini qaytarib olish imkoniyati mavjudligi yuzasidan tegishli tushuntirish berildi.
Shuningdek, do‘kon xodimiga O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari hamda iste’molchi sifatidagi fuqaroning haq-huquqlari tushuntirildi.
Fuqaroning murojaatini o‘rganish natijasida unga o‘z huquqlarini qonuniy tartibda himoya qilish imkoniyatlari tushuntirildi. Murojaatchi arizani o‘rganish natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi organga murojaat qilish huquqiga ega ekani ham ma’lum qilindi.
Mazkur holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi, xarid vaqtida mahsulot sifatiga e’tibor qaratishi va nuqson aniqlangan taqdirda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!
Nuqsonli ayollar ko‘ylagi bo‘yicha iste’molchi huquqi tiklandi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 9
























