Muzrabot tumanida iste’molchi murojaati o‘rganilib, nuqsonli telefon apparati yangisiga almashtirib berildi
Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Muzrabot tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Muzrabot tumanining Mehrigiyoh mahallasida yashovchi fuqaro Jumayev Kamol jamiyatning ijro etuvchi apparati ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Fuqaro murojaatida “Ishonch-savdo” do‘konidan muddatli to‘lov evaziga telefon apparati xarid qilgani, biroq telefonda nuqson mavjudligi sababli undan norozi bo‘lganini bildirgan. Mazkur murojaat 2026-yil 25-avgust kuni jamiyatning ijro etuvchi apparatiga kirim qilinib, jamoatchilik tartibida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning talabi tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Natijada iste’molchi “Ishonch-savdo” do‘koni mutaxassislari bilan bog‘lanib, o‘z xohishiga ko‘ra yangi telefon apparatiga almashtirib berildi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal qilinib, uning iste’molchi sifatidagi manfaatlari ta’minlandi. Murojaat ijobiy hal etilgani sababli fuqaro tomonidan jamiyat boshqaruvi nomiga minnatdorchilik xati ham yo‘llangan.
Mazkur holat iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va mahsulotda nuqson aniqlangan taqdirda o‘z manfaatlarini qonuniy tartibda himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — doimo e’tiborda va himoyada!
Muddati o‘tgan to‘lov evaziga olingan telefon yangisiga almashtirildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 8
























