Выберите язык

Koson tumanida maishiy gaz baloni to‘ldirilib berish muammosi bartaraf etildi

Suyultirilgan gaz baloni ko‘plab oilalar uchun oshxona va isitish tizimining asosiy manbai hisoblanadi. Uni o‘z vaqtida to‘ldirish, narx shaffofligi va xavfsiz foydalanish qoidalari har bir iste’molchi uchun muhim ahamiyatga ega. 

Ba’zida gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzaga kelganda, fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishadi.

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro A.O. maishiy gaz baloni bilan bog‘liq masala yuzasidan 1091 ishonch telefoni va Telegram bot orqali murojaat qilgan. 

Murojaatda iste'molchi gaz baloni o'z vaqtida to'ldirib berilmayotganidan norozi bo'lgan.

Koson tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari  hamda tuman gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari birgalikda murojaatni o‘rganib chiqishdi.

Natijada, fuqaro A. Ochilovga maishiy gaz baloni to‘ldirib berildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda gaz baloni ichidagi suyultirilgan gaz narxi 40 000 so‘m ekanligi ma’lum qilinib, maishiy gaz balonidan xavfsiz foydalanish yuzasidan yo‘riqnoma hamda tavsiyalar berildi. Murojaat ijobiy yakun topdi.

Kommunal xizmatlar, jumladan gaz ta’minoti ham sifatli, o‘z vaqtida va xavfsiz bo‘lishi shart. Agar gaz baloni to‘ldirish yoki xizmat sifati bo‘yicha savollar yuzaga kelsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang. Qonun siz tomonda — adolatli yechim uchun faol bo‘ling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening