Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga kelib tushgan navbatdagi murojaat qisqa muddatda o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklandi.
Murojaatda Nurafshon shahri Tinchlik ko‘chasida yashovchi fuqaro R.F. Nurafshon shahri Navro‘z MFY, Shifokorlar ko‘chasi 22-uyda joylashgan “Grand Farm” dorixonasida xaridni plastik karta orqali amalga oshirgani, biroq texnik yoki hisob-kitobdagi xatolik sabab bank kartasidan to‘lov ikki marotaba yechib olingani ma’lum qilingan.
Iste’molchining ta’kidlashicha, ortiqcha yechib olingan 160 000 so‘m mablag‘ o‘z vaqtida qaytarilmagani sababli u O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Nurafshon shahar mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. O‘rganishlar natijasida iste’molchining vajlari o‘z tasdig‘ini topdi va uning foydasiga ortiqcha yechib olingan 160 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarildi.
Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini yana bir bor tasdiqlaydi. Har bir iste’molchi o‘z huquqi buzilgan deb hisoblasa, vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish orqali o‘z manfaatlarini himoya qilishi mumkin.
Natijada iste’molchining buzilgan huquqi tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening