Выберите язык

Aholiga sifatli va uzluksiz xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Andijon shahrida yashovchi fuqaro B. Abdullayev internet xizmatlari sifati bilan bog‘liq muammo yuzasidan O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi.

Mazkur murojaat Andijon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, masala yuzasidan «Uztelecom» AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda fuqaroning yashash manzilida tekshiruv ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida internet tarmog‘idagi texnik nosozliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Xususan, xonadonga zamonaviy Wi-Fi uskunasi o‘rnatilib, internet tarmog‘ining barqaror va uzluksiz ishlashi ta’minlandi.

Natijada fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilib, internet xizmatlari sifati to‘liq tiklandi. Fuqaro bugungi kunda internet xizmatlaridan uzluksiz foydalanayotganini ma’lum qilib, ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun Andijon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga minnatdorlik bildirdi.

Iste’molchi murojaati e’tiborda — muammo yechim topdi, huquq himoyada qoldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening