Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Fuqarolarning haqli e’tirozlarini o‘rganish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Marhamat tumani “Qiziltepa” MFYda yashovchi fuqaro N. Sobirov tomonidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat kelib tushdi. Murojaatda u 2026-yil 18-may kuni tumandagi maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo do‘konidan 5 million 500 ming so‘m evaziga xarid qilgan “Samsung” rusumli avtomat kir yuvish mashinasida foydalanish jarayonida nuqsonlar aniqlanganini ma’lum qilgan.

Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining nuqsonli mahsulot bo‘yicha huquqlari hamda sotuvchining majburiyatlari batafsil tushuntirildi. Natijada nuqsonli kir yuvish mashinasi servis markaziga qaytarilib, uning o‘rniga yangi, soz holatdagi shu rusumdagi kir yuvish mashinasi iste’molchiga topshirildi.

✅ Natijada iste’molchining 5,5 million so‘mlik qonuniy manfaati himoya qilinib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening