Выберите язык

  Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro N. M. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilib, ikkilamchi bozordan sotib olgan avtomashinasining konditsioneri sifatsiz chiqqani va qisqa muddatda ishlamay qolganidan norozilik bildirgan.
  Mazkur murojaat yuzasidan Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida avtomashinadagi konditsioner tizimida nosozlik mavjudligi aniqlanib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
  Ko‘rilgan amaliy yordam natijasida fuqaroning nosoz konditsioner uchun to‘lagan 3 000 000 so‘m mablag‘i qaytarib berilishi ta’minlandi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan holatlarda Federatsiyaning 1091 ishonch raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening