Выберите язык

Uyiga optikali Wi-Fi oʻrnatish uchun Beruniy tumani, Musa Jalil koʻchasida yashovchi fuqaro J.Y 5-iyun kuni telekommunikatsiya boʻlimiga 235 000 soʻm toʻlov qiladi. Biroq, pul toʻlanganiga qaramasdan, tuman UZTELECOM mutaxassislari internetni ulab berishni ortga surib kelishgan.

Kutishdan charchagan fuqaro Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga telefon orqali shikoyat qilishga majbur boʻldi. Murojaat tezkorlik bilan oʻrganilib, mutaxassislarning beparvoligi tanqid ostiga olindi.

Jamiyat aralashuvidan soʻng, telekom xodimlari oʻsha kunning oʻzida fuqaroning uyiga borib, tolali-optik kabelli Wi-Fi internetini toʻliq ulab berdi.

Agar siz ham shunday holatga duch kelsangiz, bizga murojaat qilishingiz mumkin. Bogʻlanish uchun: 1091
95 601-10-91
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening