Выберите язык

Beruniy tumani „Sarkop“ MFY Miran Shox koʻchasida yashovchi fuqaro Sh.V. davolanish uchun Toshkentga ketayotgan onasi uchun Beruniy avtovokzalidan 243 ming soʻmga „Beruniy–Toshkent“ yoʻnalishidagi avtobusga chipta sotib olgan.

Biroq, avtobusga oʻtirish vaqtida vaʼda qilingan qulayliklar boʻlmagan. Eng yomoni — chipta avtobusning oldingi qatoridan olingan boʻlishiga qaramay, chipta sotuvchilari ularni oxirgi oʻrindiqlarga oʻtirishga va boshqa avtobusga minishga majbur qilgan.

Davolanish uchun ketayotgan va sogʻligʻida muammosi bor fuqaro avtobusning eng orqa oʻrindigʻida yoʻl yura olmasligini tushuntirgan. U chipta pullarini qaytarishni yoki vaʼda qilingan qulayliklari bor boshqa avtobusning oldingi qatoridan joy topib berishni talab qilgan.

🟢Ushbu holat boʻyicha Beruniy tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tezkorlik bilan oʻrganish ishlari olib borildi. Jamiyatning aralashuvi bilan masala oʻsha vaqtning oʻzida joyida hal etildi. Fuqaroning onasi uchun barcha sharoitlari va qulayliklari bor avtobusning oldingi qatoridan talabga muvofiq joy topib berildi.

Agar siz ham shunday holatga, yaʼni xizmat koʻrsatish yoki chipta shartlarining buzilishi kabi holatlarga duch kelsangiz, oʻz huquqlaringizni himoya qilish uchun Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilsangiz boʻladi!
Bogʻlanish uchun: 1091
95 601-10-91
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening