2026-yil 5-iyun kuni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi, Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi hamda Qiziltepa tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorligida Qiziltepa tumanida “Sifat” nazorati maxsus reportaji tasvirga olindi va keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Mazkur ko‘rsatuvning asosiy maqsadi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining iste’mol madaniyatini oshirish, mahsulot va xizmatlar sifatini jamoatchilik nazorati ostida o‘rganish hamda mavjud muammolarni yoritishdan iborat bo‘ldi.
Tasvirga olish jarayonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida mahsulotlarning sifati, saqlash sharoitlari, iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan iste’molchilarning huquqlari, mahsulot tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Maxsus reportaj orqali aholi o‘rtasida sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subyektlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Bunday hamkorlikdagi media loyihalar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
QIZILTEPADA “SIFAT” NAZORATI: ISTE’MOLCHILAR MANFAATLARI E’TIBORDA
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 477
























