Выберите язык

 

Iste’molchining murojaati o‘rganilishi natijasida UzOnline internet tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.

Angor tumanida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish borasida ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Angor tumani Tallashqon mahallasida yashovchi fuqaro Azamat Eshmatov Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, xonadoniga UzOnline internet tarmog‘ini o‘rnatish masalasida muammoga duch kelayotganini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro UzOnline internet xizmatidan foydalanish maqsadida shartnoma tuzgan. Biroq shartnoma rasmiylashtirilganiga qaramay, internet tarmog‘i xonadoniga o‘tkazib berilmagani sababli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot faoliyatidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida jamiyat mutaxassislari UzOnline internet tarmog‘ining Call-markazi xodimlari bilan bog‘lanib, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Fuqaroning talabi va mavjud muammo yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida hududga xizmat ko‘rsatuvchi UzOnline internet tarmog‘i xodimlari tomonidan fuqaroning xonadoniga internet tarmog‘i o‘tkazib berildi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning internet xizmatidan foydalanish bilan bog‘liq muammosi bartaraf etildi.

Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va iste’molchilar huquqlarini tiklashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening