Выберите язык


Xiva tumani Juryon qishlog‘ida yashovchi fuqaro I.Sh. Xiva tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, iste'molchiga o‘zini tuman gaz ta'minoti korxonasining gaz jihozlariga servis xizmati ko‘rsatuvchi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs tomonidan turli hujjatlar imzolattirilgan. Biroq, amalda xonadonga hech qanday servis xizmati ko‘rsatilmagan.

Shunga qaramay, iste'molchining telefon raqamiga 171 766 (bir yuz yetmish bir ming yetti yuz oltmish olti) so‘m miqdorida servis xizmati ko‘rsatilgani uchun qarzdorlik hisoblangani to‘g‘risida SMS xabarnoma kelgan. Mazkur qarzdorlik sababli iste'molchining xonadoni gaz ta'minotidan uzilgan.

Fuqaroning murojaati Xiva tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Olib borilgan ishlar natijasida 171 766 so‘m miqdoridagi qarzdorlik bartaraf etilib, iste'molchining murojaati ijobiy hal etildi.

Mazkur holat iste'molchilarga amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun asossiz to‘lov va qarzdorlik hisoblanishining oldini olish muhimligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening