Выберите язык

Urganch shahar Oltin voha ko‘chasida yashovchi fuqaro L.B. Urganch shahrida joylashgan savdo do‘konlaridan biridan “Uakeen” rusumli changyutgich xarid qilgan.

Foydalanish jarayonida changyutgichda nosozlik yuzaga kelgani sababli fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram-boti orqali murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat Urganch shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchining manfaatlarini ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada “Uakeen” rusumli changyutgichga servis xizmati ko‘rsatilishi ta’minlanib, iste’molchining murojaati ijobiy hal qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening