Angor tumanida iste’molchi murojaati o‘rganilib, nuqsonli maishiy texnika yangisiga almashtirildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish muhim vazifalardan biridir.
Angor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Xonimqulova Durdona tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda fuqaro Angor tumanidagi savdo do‘konidan “Artel” rusumli muzlatgichni 2 million 800 ming so‘mga xarid qilgani, biroq mahsulot uyiga olib kelingach, unda nuqson mavjudligi aniqlangani haqida ma’lum qilgan.
Iste’molchi nuqsonli mahsulotni almashtirib berishni so‘rab savdo do‘koniga murojaat qilgan. Mazkur murojaat yuzasidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan holat o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida iste’molchining talabi asosli ekani aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Natijada 2026-yil 26-avgust kuni nuqsonli muzlatgich iste’molchiga yangi, soz holatdagi muzlatgichga almashtirib berildi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlari ta’minlandi. Mazkur holat iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va muammo yuzaga kelganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida. Har bir xaridor sotib olayotgan mahsulotining sifati va xavfsizligiga e’tibor qaratishi, nuqson aniqlangan taqdirda esa o‘z qonuniy huquqlaridan foydalanishi mumkin.
Nuqsonli muzlatgich yangisiga almashtirib berildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 3
























