Выберите язык


Sariosiyo tumanida fuqaro murojaati o‘rganilib, xonadonda yashamagan davr uchun hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda asossiz hisob-kitoblarning oldini olish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining muhim vazifalaridan biridir.
Sariosiyo tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Sharq yulduzi mahallasida yashovchi fuqaro Solieva Gulruxsor tomonidan murojaat qilingan.
Fuqaroning 2026-yil 21-avgust kuni qilgan og‘zaki murojaati Sariosiyo tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatining huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori M. O‘lmasov, “Bio Tex Eko” MChJ mas’ul xodimi hamda fuqaroning ishtirokida o‘rganildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar va hujjatlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, fuqaroning xonadonida bugungi kungacha hech kim yashamaganligi Sharq yulduzi mahallasi tomonidan berilgan dalolatnoma bilan tasdiqlangani aniqlandi.
Shundan so‘ng fuqaro Solieva Gulruxsor nomiga chiqarilgan 1 million 365 ming 560 so‘mlik noreal qarzdorlik olib tashlandi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati amaliy jihatdan ijobiy hal etilib, xonadonda yashamagan davr uchun hisoblangan asossiz qarzdorlik bekor qilindi.
Mazkur holat iste’molchilarning hisob-kitoblarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhimligini ko‘rsatadi.
Sariosiyo tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening