Muzrabot tumanida fuqaroning bank kartasini naqdlashtirish bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, 1 million so‘m mablag‘i qaytarildi
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan muammolarni amaliy hal etish borasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Muzrabot tuman Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Nurli hayot mahallasida yashovchi fuqaro Normamatova Ra’no murojaat qilgan.
Fuqaro murojaatida 2026-yil 12-avgust kuni jamiyatning ijro etuvchi apparati ishonch telefoniga qilgan og‘zaki murojaatida bank kartasini naqdlashtirish bilan bog‘liq muammoga duch kelganini ma’lum qilgan.
Murojaat yuzasidan holat jamoatchilik tartibida o‘rganilib, fuqaro “Agrobank” Muzrabot tuman filiali bankomatiga so‘m plastik kartochkasini naqdlashtirish maqsadida borganida, bankomat nosoz bo‘lib qolganligi sababli pul mablag‘ini ololmagani aniqlangan.
O‘rganish natijasida fuqaro bank mutaxassislariga zarur hujjatlarni taqdim etgan. Shundan so‘ng “Agrobank” mutaxassislari tomonidan murojaat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, fuqaroning 1 000 000 (bir million) so‘m mablag‘i qaytarib berildi.
Shuningdek, fuqaro murojaatining ijobiy hal qilinganidan minnatdorligini bildirib, 2026-yil 24-avgust kuni jamiyat boshqaruvi nomiga minnatdorchilik xati yo‘llagan.
Mazkur holat fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmasligi, muammolarni o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni ijobiy hal etish muhimligini ko‘rsatadi.
Murojaat — e’tiborda, iste’molchi huquqi — himoyada!
Bank kartasi bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 4
























