Выберите язык

Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro N. M. tomonidan Beeline kompaniyasining Beepul ilovasida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun ajratiladigan limit bilan bog‘liq muammo yuzasidan qilingan murojaat ijobiy hal etildi.

Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro har oyda “Beeline” kompaniyasi tomonidan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun ajratiladigan 30 million so‘mlik limit aprel oyida berilmaganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram-boti orqali murojaat qilgan.

Murojaat Qo‘shtepa tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilishi davomida “Beeline” kompaniyasining Farg‘ona shahrida joylashgan ofisi mutaxassislari bilan bog‘lanib, masalani atroflicha muhokama qilindi. O‘rganishlar natijasida fuqaro murojaati asosli deb topilib, texnik yoki tizimdagi xato sababli ajratilmay qolgan limit qayta ajratildi hamda muammo ijobiy hal etildi. 

Mazkur holat raqamli xizmatlar va mobil to‘lov tizimlaridan foydalanish jarayonida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, murojaatlarga tezkor munosabat bildirish hamda aholi manfaatlarini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor ko‘rsatdi.

Fuqarolar to‘lov tizimlari, mobil ilovalar, internet xizmatlari yoki boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida huquqlari buzilgan deb hisoblasa, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizim tashkilotlariga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening