Выберите язык

 “Birinchi qo‘ng‘iroq” — yangi o‘quv yiliga ezgu qadam

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027 o‘quv yili munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda To‘raqo‘rg‘on tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Olimxon Qutbitdnovich ham ishtirok etib, maktab jamoasi, ustoz-murabbiylar hamda o‘quvchilarni mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi va “Bilimlar kuni” bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi o‘quv yili munosabati bilan maktab o‘quvchilari, pedagoglar va ota-onalarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat va ezgu maqsadlar sari intilishi mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, bu yil maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun ushbu kun yanada unutilmas bo‘ldi. Ularga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bolajonlarning quvonchi, ota-onalarning hayajoni va ustozlarning samimiy tilaklari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va bayramona chiqishlar namoyish etildi. Ustozlar yosh avlodni ilm olishga, Vatan ravnaqi yo‘lida munosib farzand bo‘lib kamol topishga chorladilar.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, yangi o‘quv yilini ezgu niyatlar va katta maqsadlar bilan boshlashga xizmat qildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening