Выберите язык

Yangibozor tumani Navbahor MFYda yashovchi fuqaro A.N. Yangibozor tumanida joylashgan savdo do‘konlaridan biridan 25 000 000 (yigirma besh million) so‘mga shifer xarid qilgan.

Biroq iste’molchiga do‘kon xodimi tomonidan 0,7 sm qalinlikdagi shifer sifatida taqdim etilgan mahsulot amalda 0,3 sm qalinlikda ekani ma’lum bo‘lgan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro Yangibozor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qilgan.

Murojaat Yangibozor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada xarid qilingan 0,3 sm qalinlikdagi shifer 0,7 sm qalinlikdagi shiferga almashtirib berilib, fuqaroning murojaati ijobiy hal qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening